Oʻzbekcha

Radoye Domanovich (1873-yil 16-fevral – 1908-yil 17-avgust) serb yozuvchisi, jurnalisti va oʻqituvchisi boʻlib, oʻzining satirik qisqa hikoyalari bilan mashhur edi.

Radoye Domanovich Markaziy Serbiyadagi Ovsishte qishlogʻida moʻqituvchi va tadbirkor Milosh Domanovichning va Birinchi va Ikkinchi Serb Qoʻzgʻoloni harbiy qoʻmondonlaridan biri Pavle Sukichning avlodi Persida Sukichning oʻgʻli boʻlgan. U bolaligini Kraguyevats yaqinidagi Yarushitse qishlogʻida oʻtkazgan va u yerda boshlangʻich maktabda oʻqigan. U Kraguyevatsagi oʻrta maktabni va Belgrad universitetining falsafa fakultetini tamomlagan va u yerda serb tili va tarixini oʻrgangan.

1895-yilda Domanovich oʻzining birinchi lavozimini oldi – Serbiyaning janubida, Usmonli imperiyasidan yaqinda ozod qilingan Pirot shahrida oʻqituvchilik lavozimini egalladi. Pirotda u oʻqituvchi va aktivist Yasha Prodanovich (1867–1948) bilan uchrashdi va uning siyosiy qarashlarini shakllantirishga yaqindan yordam berdi. U uerda u oʻzining boʻlajak rafiqasi Nataliya Raketichni (1875–1939) ham uchratdi, u Sremski Karlovchidan kambagʻal maktab oʻqituvchisi ediu, qisqa va notinch hayoti davomida erini qoʻllab-quvvatladi va u bilan birga uch farzandi bor koʻrishdi.

U Xalq Radikal Partiyasiga qoʻshilganidan beri u Obrenovich sulolasi rejimi bilan chiqisha olmay qoldi va 1895-yil oxirida Vranyega, keyin 1896-yilda yana Leskovachga koʻchirildi. Domanovichning yozuvchilik faoliyati ham oʻqituvchilik davrida boshlangan va 1895-yilda oʻzining birinchi realistik hikoyasini nashr ettirgan. 1898-yilda hukumatga qarshi birinchi marta chiqish qilganidan soʻng, u ham, uning rafiqasi ham davlat xizmatidan boʻshatilgan va Domanovich oilasi bilan Belgradga koʻchib ketgan.

Belgradda u yozuvchi hamkasblari bilan haftalik “Yulduz” jurnalida va muxolifatdagi “Exo” siyosiy gazetasida ishlay boshladi. Bu vaqtda u oʻzining “Jin” va “Ehtiroslarni yoʻq qilish” kabi birinchi satirik hikoyalarini yozish va nashr ettiriishni boshladi. Radoyening shon-shuhratga koʻtarilishi uning eng mashhur “Yoʻl boshlovchi” (1901) va “Stradiya” (1902) hikoyalari nashr etilishi bilan sodir boʻldi, bu hikoyalar orqali u hukumatga ochiqdan-ochiq hujum qilib, rejimning ikkiyuzlamachiligi va yolgʻonlarini oshkor qildi.

1903-yilda Aleksandr Obrenovich hukmronligini tugatgan toʻntarishdan soʻng, mashhurlik choʻqqisida, Domanovich Ta’lim vazirligida kotib lavozimini oldi va yangi hukumat unga Germaniyaga bir yillik mutaxassislik boʻyicha borishga ruxsat berdi va bu vaqtni u Myunxenda oʻtkazdi. Serbiyaga qaytib kelgan Radoye jamiyatda hech qanday haqiqiy oʻzgarish yoʻqligidan hafsalasi pir boʻldi. U oʻzining “Stradiya” nomli haftalik siyosiy jurnalini ochdi, unda u yangi demokratiyaning zaif tomonlarini tanqid qilishda davom etdi, ammo uning asarlari endi avvalgidek kuch va ilhomga ega boʻlmay qolgandi.

Radoye Domanovich 1908-yil 17-avgustda yarim tundan yarim soat oʻtgach, surunkali pnevmoniya va sil kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng 35 yoshida vafot etdi. U Belgradning yangi qabristoniga dafn qilindi. Uning nashr etilmagan qolgan asarlari Birinchi jahon urushi paytida yoʻqolgan.

Adabiy ishlari

Radoye Domanovichning eng mashhur asarlaridan ba’zilari:

  • Ehtiroslarni yoʻq qilish, 1898-yil
  • Jin, 1898-yil
  • Oddiy Serb hoʻkizining oʻylari, 1902-yil
  • Stradiya, 1902-yil
  • Tamgʻa, 1899-yil
  • Yoʻl boshlovchi, 1901-yil
  • Zamonaviy qoʻzgʻolon, 1902-yil
  • Oʻlik dengiz, 1902-yil
  • Shahoda Marko ikkinchi marta serblar orasida, 1901-yil

“Radoye Domanovich” loyihasini sifatli muhandis va adabiyot ishqibozi Vladimir Jivanovich olib borilmoqdi, uning maqsadi serb yozuvchisi Radoye Domanovichning toʻliq asarlarini toʻplash va oʻquvchilarga asl asarlar va ularning tarjimalarni oʻqish imkonini berishdir. Quyidagi hikoyalar loyiha uchun maxsus tarjima qilingan va bu yerda birinchi marta nashr etilgan:

  • Oddiy Serb hoʻkizining oʻylari, 1902-yil
  • Tamgʻa, 1899-yil
  • Yoʻl boshlovchi (1–2–3), 1901-yil

“Radoye Domanovich” loyihasi uchun Azizillo Yoqubjonov tomonidan tarjima qilindi.

 

 


[Contents of this biographical reference page were written for the “Radoje Domanović” Project with the goal of promoting the life and works of the famous Serbian satirist, Radoje Domanović, and are released into public domain. Editor]